IL (Intermediate Language)
— bu .NET platformasida yozilgan dasturlarni ishlashga tayyorlash uchun ishlatiladigan oraliq dasturlash tili. Ba'zan MSIL (Microsoft Intermediate Language) yoki CIL (Common Intermediate Language) deb ham ataladi.
IL – bu dasturchi tomonidan yozilgan yuqori darajadagi kod (masalan, C#, VB.NET)ni birinchi bosqichda kompilyatsiya qilgandan keyin yaratiladigan til. IL mustaqil tilda yozilgan kod bo‘lib, uni turli platformalarda ishlatish mumkin.IL qanday ishlaydi?
Kompilyatsiya qilish jarayoni:
C# yoki boshqa .NET tillarida yozilgan kod avval kompilyator tomonidan IL kodiga o‘zgartiriladi keyin faylga saqlanadi.
CLRda bajarilish:
Dastur ishga tushganda, IL kod JIT (Just-In-Time) kompilyatori yordamida mashina kodiga (platformaga mos kodga) aylantiriladi va bajariladi.
ILning asosiy xususiyatlari:
Platformadan mustaqillik
IL kod turli operatsion tizimlarda ishlashi uchun moslashtirilishi mumkin (masalan, Windows, Linux).Tip xavfsizligi (Type Safety)
IL kodda barcha turlar aniq belgilanadi, bu esa noto‘g‘ri turdagi operatsiyalarni oldini oladi.O‘zaro ishlash (Interoperability)
IL bir nechta tillar uchun umumiy asosni yaratadi, bu orqali turli tillarda yozilgan kodlar birgalikda ishlay oladi.
Author Of article : madina1575 Read full article